Tashabbuskor yoshlar – yurt kelajagi
Olmazor tumanidagi 196-umumta’lim maktabida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar kengashining umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Olmazor tumanidagi 196-umumta’lim maktabida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar kengashining umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan o‘quv-seminari o‘tkazildi.Tadbirda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yoshlarning zamon talablari darajasida ta’lim-tarbiya olishi, sport bilan shug‘ullanishi, salomatligini mustahkamlashi, bilim va salohiyatini namoyon etishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilayotganligi ta’kidlandi.
Davlatimiz rahbarining 2014-yil 6-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishda dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotir.
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar kengashi va uning boshlang‘ich tashkilotlari o‘z tarkibiga 325 mingdan ziyod o‘g‘il-qizni birlashtirgan. Harakatning poytaxt umumta’lim maktablarida ikki yuz to‘qsondan ziyod boshlang‘ich tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. Ularning tashabbusi va sa’y-harakati bilan maktablarda «Kamalak bilimdoni», «Kamalak a’zosiman», «Eng faol kamolot sardori», «Eng faol kamalak sardori», «Kamalak yulduzlari» kabi ko‘plab ko‘rik-tanlov va aksiyalar o‘tkazilib kelinmoqda.
«Vatan himoyasi muqaddas», «Ommaviy madaniyat” va yoshlar ma’naviyati», «Har tengdoshga bir g‘azal», «Buyuk ajdodlarga munosib avlod bo‘laylik», «Kamolot kunlari», «Kitobxonlar bayrami» kabi yirik loyihalar, «Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi», «Prezident asarlari bilimdoni» ko‘rik-tanlovlari, «Biz – buyuk yurt farzandlarimiz!» festivali, «Yurtimni obod etaman» ommaviy yoshlar hashari an’anaviy tashkil etib kelinayotir.
Yig‘ilishda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar kengashining umumta’lim maktablaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyati haqidagi axborot tinglandi. Yoshlarning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan olamshumul o‘zgarishlardagi ishtirokini yanada faollashtirish borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan qizg‘in fikr almashildi, boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirilib, istiqboldagi rejalar belgilandi.