Ta’m va sifat – eng muhim omil
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari bosqichma- bosqich iste’molchilarning ishonchini qozonmoqda. Ustuvor loyihalarni amalga oshirishda O‘zbekiston milliy bankining qo‘llab-quvvatlashi muhim ahamiyat kasb etayotir.
Masalan, O‘zbekistonda eng yirik konditerlik korxonasiga aylanish istagida bo‘lgan fabrika – «MMU Global food» mas’uliyati cheklangan jamiyati shokolad mahsulotlarini chiqaradigan ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish uchun O‘zmilliy bankdan kredit olgan.

«MMU Global food» konditer fabrikasi – bir kunda 2 tonnagacha bo‘lgan turli xil konditerlik mahsulotlarini ishlab chiqarish imkoniga ega bo‘lgan va konditer mahsulotlari bozorida mustahkam o‘rniga ega bo‘lgan yuqori mexanizatsiyalashtirilgan korxonadir. Bozor va do‘kon peshtaxtalari doimo yangi chiqarilgan turli mahsulotlar bilan to‘ldirilib kelinmoqda. Kompaniyadagilar mahsulotning muvaffaqiyati xomashyo sifati, mahsulot dizayni va bezaklariga bog‘liq ekanligini ta’kidlaydi.
– Bizning savdo belgimiz 2018 yilda tashkil qilingan, – deydi «MMU Global food» MCHJ direktori Erkin Salimov. – 2019 yilda biznesni rivojlantirish uchun Milliy bankdan umumiy qiymati 582 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan kredit oldik. Turkiyadan shokolad konfetlari va shokolad pastasini ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish liniyasi sotib olindi.

Ayni paytda to‘liq quvvatda ishlayapmiz, barcha jarayonlar professional xodimlar tomonidan bajarilmoqda. Tez ishlashga harakat qilyapmiz, chunki talab katta. «MMU Global food» fabrika konveyerlaridan har kuni 6 turdagi shokolad pastalari, shokolad bilan qoplangan konfetlar ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarishda faqat eng yuqori sifatli homashyodan foydalaniladi.
Iste’molchini aldab bo‘lmaydi, raqobatchilik yuqori bo‘lgan joyda markamizni ushlab turishga harakat qilishimiz kerak. Xomashyoni Turkiyadan sotib olamiz. Asosiy e’tiborni mahsulotimizning ta’mi va sifatiga qaratganmiz. Eng asosiysi – mahsulotimiz insonlarga huzur-halovat baxsh etishi kerak. Shu kunlarda eksport bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida Afg‘oniston bilan muzokaralar olib boryapmiz. Shuningdek, Qirg‘iziston va Qozog‘iston bozorlarida ham mahsulotimizga talab bor. Bu borada ham amaliy ishlar olib borilayotir.

O‘zmilliy bank matbuot xizmati,
Reklama huquqi asosida