Ta’limdagi zamonaviy trendlar – direktorlar nigohida
FOTOREPORTAJ
Ma’mun universiteti Urganch kampusida Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Ma’mun universiteti, Britaniya Kengashi, “Silk Road Research Academy” hamkorligida “Ta’limdagi zamonaviy trendlar – direktorlar nigohida” mavzuida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatdagi 150 ta umumta’lim maktabi direktori ishtirok etdi.
Dastavval ishtirokchilar Ma’mun universiteti Urganch kampusida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Tadbirning ochilishida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Hamro Bektemirov ishtirok etib, Ma’mun universiteti hamda boshqarma o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumini imzoladi.
[gallery-15502]
Seminar-trening davomida malakali trenerlar tomonidan “Yaxlit maktab” muhitini shakllantirish va bu jarayondagi konstruktiv hamkorlik, “Liderlik sifatlarini rivojlantirish”, “Maktablarda jamoaning professional rivojlanish (CPD) faoliyatini rejalashtirish”, “Boshqaruv qarorlarini qabul qilish”, “Aqlning zaharlanishi (ifloslanishi) va uning yosh avlod ongiga salbiy ta’siri: davlat g‘oyasi va ta’lim uchun katta global xavf. O‘qituvchi va ota-onalar nimani ko‘zdan qochiradi” kabi mavzularda o‘quv hamda amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.
Yakunida barcha ishtirokchilarga hamkor tashkilotlar tomonidan sertifikat topshirildi.
Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA