Ta’lim muassasalarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi takomillashtirilmoqda (+video)
Xabaringiz bor, ta’lim xizmatlari sifati bahosining oshkoraligi va samaradorligini oshirish, me’yorlar, dasturlar va talablarga muvofiqlikni baholash maqsadida o‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tizimi joriy etilgan.
2025-yil noyabridan boshlab davlat namunasidagi hujjatlarni beruvchi barcha davlat va nodavlat ta’lim muassasalari me’yorlar, dasturlar va talablarga muvofiqlikni baholash maqsadida — kompleks davlat akkreditatsiyasidan va yangi ta’lim dasturlari uchun va rejadan tashqari baholash zarurati tug‘ilganda — maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazilishi shart qilib belgilandi.
Bugungi lavhamizda akkreditatsiya organi sifatida belgilangan Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi eksperti ishtirokida akkreditatsiyadan o‘tkazish turlari va tartibi haqida batafsil ma’lumot beramiz.
Batafsil:
<iframe width="640" height="350" src="https://www.youtube.com/embed/uO7BiZvqbsE" title="Ta’lim muassasalarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi takomillashtirilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA