Ta’lim maskanlari yangi o‘quv yiliga shay
Eng ulug‘, eng aziz bayram – mamlakatimiz mustaqilligining 30 yillik tantanalari bunyodkorona islohotlarga hamohang Namangan shahar xalq ta’limi tizimidagi umumta’lim maskanlarida ham munosib tuhfalar bilan kutib olinmoqda.
Mahmud Salohiddinov nomidagi 4-davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida investitsiya dasturi asosida 6 milliard 934 million 785 ming so‘m mablag‘ hisobiga mukammal ta’mirlash jarayonlari amalga oshirildi. Ayni paytda maktab yangi o‘quv yili uchun shay.
“Sohibkor” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 29-umumta’lim maktabi ham yangicha qiyofada foydalanishga topshiriladi. Davlat investitsiya dasturiga muvofiq, ta’lim maskanida 7 milliard 914 million 273 ming so‘m qiymatidagi loyiha asosida 330 o‘rinli qo‘shimcha yangi o‘quv binosi qad rostladi. Mavjud 950 o‘rinli inshoot ham mukammal ta’mirdan chiqarilish arafasida.
[gallery-3649]
Hotam MAMADALIEV(surat), O‘zA