“Talabalar ligasi” g‘oliblari aniqlandi
Avval xabar berganimizdek, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida talabalar sport assotsiatsiyasi hamda mamlakat regbi federatsiyasi hamkorligida regbi-7 bo‘yicha ilk bor tashkil etilgan “Talabalar ligasi” musobaqasi yakunlandi.
O‘zbekiston regbi federatsiyasi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, bellashuvlarda qizlar o‘rtasida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti qizlar terma jamoasi 1-o‘rinni, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasi 2-o‘rinni hamda Qoraqalpoq davlat universiteti qizlari esa 3-o‘rinni egallab, “Talabalar ligasi” turnirining ilk sovrindorlari bo‘ldi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda esa sovrinli o‘rinlarni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti va Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti regbichilari o‘zaro taqsimlab oldi.

Musobaqaning g‘olib va sovrindorlari munosib rag‘batlantirildi.
O‘zA