Talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi (+Video)
I.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialida birinchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda filial Ijroiya direktori Abdulla Mag‘rupov ishtirok etib, talabalarni yangi o‘quv bosqichi bilan tabrikladi.
Uchrashuv davomida talaba yoshlar uchun yaratilgan ta’lim, ilmiy-tadqiqot, sport, madaniy-ma’rifiy, volontyorlik va xalqaro hamkorlik doirasidagi imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
Tadbirning asosiy qismi savol-javob shaklida o‘tkazilib, talabalar ta’lim jarayoni, amaliyot, ilmiy faoliyat, sport va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Muloqotda talabalarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ular bilan ochiq va doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda fikr va takliflarini inobatga olish muhimligi ta’kidlandi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/HXgMiak65lk?si=XP4O2MUuNbJxX8E3" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Hamroz Bayonov,
Oybek Davronov (video),
Anvarxo‘ja Ahmedov,
O‘zA