Takomillashgan ingliz tili saboqlari
Termiz shahridagi 12-Mehribonlik uyi qoshidagi umumta’lim maktabida xorijiy tillar ilg‘or pedagogik andozalar asosida o‘qitilmoqda.
Termiz shahridagi 12-Mehribonlik uyi qoshidagi umumta’lim maktabida xorijiy tillar ilg‘or pedagogik andozalar asosida o‘qitilmoqda. Bunda Prezidentimizning 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori muhim dasturilamal bo‘layotir.Ta’lim muassasasida chet tili xonalari zamonaviy multimedia vositalari, ko‘rgazmali qurollar, komputer texnologiyalari bilan ta’minlangan. Mashg‘ulotlar yuqori malakali pedagoglar tomonidan olib boriladi. Jumladan, ingliz tili o‘qituvchisi Gulchehra Usmonova joriy yilda “Yilning eng yaxshi chet tili o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida sovrindor bo‘lib, Buyuk Britaniyadagi nufuzli ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tash yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.