Tahlil: qaysi mahsulot arzonlashdi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2025 yil mart oyida
Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishini tahlil qildi.
Monitoring natijalariga ko‘ra, 6 turdagi mahsulot narxi pasaygan:
kartoshka – 19,8 foiz
sariq piyoz – 10,3 foiz
qizil sabzi – 3,4 foiz
tuxum – 2,1 foiz
banan – 0,9 foiz
kungaboqar yog‘i – 0,6 foiz
Shuningdek, 7 turdagi mahsulot narxi oshgan, ular orasida eng katta o‘sish pomidorda kuzatilgan. Bu mavsumiy omillar bilan bog‘liq.
Qolgan 8 mahsulot narxi o‘zgarishsiz qolgan: bug‘doy uni, guruch, makaron, oqbosh karam, olma, tovuq go‘shti (file), sutva shakar.
Tahlil 2025 yilning 6 fevral va 13 mart kunlari o‘tkazilgan monitoring ma’lumotlari asosida amalga oshirildi.
N.Ziyodullayeva tayyorladi,
O‘zA