Taekvondochilarimizning shashti baland
Livanda o‘tayotgan taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionati terma jamoamiz a’zolari uchun muvaffaqiyatlarga boy bo‘lmoqda.
Chempionatning navbatdagi to‘rt nafar taekvondochisi shohsupaga ko‘tarilishni uddaladi.
53 kilogrammgacha vaznda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Charos Qayumova barcha raqibalarini yengib, oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Jasurbek Jaysunov, Shohsanam A’zamova hamda Shuhrat Salayev o‘z vazn toifalarida bronza medali bilan taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz: Osiyo chempionatning para-taekvondochilar bahsida hamyurtimiz Guljanoy Naimova Osiyo chempioniga aylangan, Sanjar Muxtorov o‘z vazn toifasida bronza medaliga sazovor bo‘lgandi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA