Tadbirkorlar manfaati – qonuniy himoyada
Do‘stlik tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari vakillari hamda chet el investorlari uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Ushbu sayyor qabul Jizzax viloyatidagi Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi tashabbusi bilan 2 sektor – viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Qo‘shma tabdirda viloyat prokurori I.Ergashxodjayev, Bosh vazir qabulxonasi mudiri A.G‘ozibekov, Do‘stlik tumani hokimi Sh.Darvishev, tuman sektorlari, soliq boshqarmasi, davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat bo‘limi, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi hamda tijorat banklari va boshqa mutasaddi idorlar rahbar va vakillari ishtirok etdi.
Qulay biznes muhiti tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishning muhim omilidir. Aynan shu omil sabab mamlakatimizda har yili bir necha o‘n minglab yangi tadbirkorlik sub’ektlari bozorga kirib kelayotir. Bu yangi ish o‘rinlari, mahsulot turlari va hajmlarini ko‘paytirmoqda. Bozorlarimiz to‘kinligi, hayotimiz farovonligi ta’minlanayotir. Erishilayotgan natijalarda viloyatda faoliyat olib borayotgan 15 mingga yaqin kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining ham munosib hissasi bor.
Tadbirkorlar faoliyati qo‘llab-quvvatlanayotgani, sohaga bo‘lgan e’tibor, imtiyoz va preferensiyalarning yanada kengaytirilayotgani kichik biznesning jadal rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotir. Xususiy mulkning ishonchli himoyasini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan samarali chora-tadbirlar natijasida xususiy sektorning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o‘rni va roli muntazam o‘sib bormoqda.
Lekin hududlarda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida uchrayotgan muammolarni tizimli va tahliliy o‘rganish, ularni hal etish borasidagi yondashuvlarning turlichaligi, qulay shart-sharoitlar, imkoniyatlar mavjudligiga qaramay soha rivojidagi yuksalishlar deyarli ko‘zga tashlanmayapti.
Sayyor qabulda ushbu yo‘nalishda vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish, tadbirkorlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga e’tibor qaratildi.
Qabul jarayonida tadbirkorlarning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar o‘rganilib, ularni hal etish choralari ko‘rib chiqildi.
Ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasining tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga doir qonunchilik va normativ huquqiy hujjatlarga kiritilgan yangiliklardan xabardor qilindi.
Tadbirda, hukumatimiz tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyalar, tadbirkorlarning huquqiy bilimlarini yanada oshirish, bu borada adliya, soliq va boshqa davlat idoralari bilan hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi yuqori samara berishi ta’kidlandi.
– Joriy yilning 1 sentyabr holatiga tumanimizdagi tadbirkorlar hamda tadbirkorlik qilish istagidagi fuqarolardan jami 257 masala bo‘yicha murojaat kelib tushgan bo‘lib, barcha murojaatlar ijroga qaratilgan va ularda ko‘tarilgan masalalarning 253 tasi ko‘rib chiqildi, qolgan 4 tasi tegishli vakolatli organlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda, – deydi Do‘stlik tumanidagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi mudiri Normuhammad Yuldashev. – Ko‘rib chiqilgan 253 ta masalaning 164 tasi ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 89 nafar murojaatchiga huquqiy tushuntirish berilgan, 4 ta murojaat esa ko‘rib chiqish jarayonida.
Murojaatlardagi masalalarning 27,6 foizi yoki 70 tasi kredit, 5,1 foizi (13 tasi) yer ajratish, 0,4 foizi (1 tasi) infratuzilma tarmoqlariga ulanish, 3,5 foizi (9 tasi) soliq, 2,4 foizi (6 tasi) ruxsatnoma, litsenziyalar olish va 60,1 foizi yoki 154 tasi boshqa masalalarni tashkil etmoqda.
Shuningdek, Bosh vazir qabulxonalari tomonidan o‘tkazilgan 5 ta sayyor qabulda ishtirok etgan jami 102 nafar tadbirkordan 30 dan ortiq murojaat qabul qilinib, ularning 30 tasi yagona interaktiv portal “business.gov.uz” tizimga joylashtirish orqali ko‘rib chiqildi. Ushbu ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 26 tasi yoki 86,7 foizi ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 4 nafar ( 13,3 foizi) murojaatchiga huquqiy tushuntirish berilgan.
Sayyor qabulda 30 nafardan ortiq tadbirkorlik sub’ektlari vakillari ishtirok etib, ular tomonidan 16 ta muammoli masala yuzasidan murojaatlari qabul qilindi. Murojaatlarning 2 tasi shu yerning o‘zida hal etildi.
Jumladan, ushbu “Sangzor vodiysi MS” MCHJning Alisher Navoiy nomli MFY hududida joylashgan 2 ga yer maydonida tashkil etilgan zamonaviy issiqxona yer maydonining meliorativ holatini yaxshilash va yerning unumdorligini oshirish maqsadida yotiq drenajlar va zovurlarni tozalashda hamda “Beknur-Zarafshon” xususiy korxonasining belgilangan kredit summasining bir qismi ajratilmayotganligi masalasida amaliy yordam so‘rab qilgan murojaatilari joyida hal etildi.
Tadbirkorlik sub’ektlari vakillari tomonidan ko‘tarilgan qolgan 14 ta murojaatning yechimi qo‘shimcha vaqt, mablag‘ talab qilganligi sababli 7 kun muddat bilan tegishli tashkilotlar rahbarlariga qonuniy hal etilishi choralarini ko‘rish vazifasi yuklatildi.
[gallery-4140]
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA