Tadbirkor va hunarmandlar mahallasi
Navoiy viloyati Nurota tumanidagi “Eshon sudur” mahalla fuqarolar yig‘inida xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu yerda hunarmandlar, tadbirkor va fermerlar safi yildan-yilga kengaymoqda.
Navoiy viloyati Nurota tumanidagi “Eshon sudur” mahalla fuqarolar yig‘inida xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu yerda hunarmandlar, tadbirkor va fermerlar safi yildan-yilga kengaymoqda.Sahodat Fayziyeva kashtachilik orqali oila byudjetiga qo‘shimcha daromad keltirayotgan hunarmandlardan biri. “Ustoz-shogird” an’anasi asosida o‘z hunari sirlarini yoshlarga o‘rgatishni ham samarali yo‘lga qo‘ygan.
Hududdagi “Usta Omon” fermer xo‘jaligining poyafzal tikish sexida esa toza charmdan sifatli va bejirim oyoq kiyimlar tayyorlanmoqda.