Tadbirkor va fermerlar bilan ochiq muloqot
Toshkent davlat agrar universitetida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent viloyati kengashi tomonidan kichik biznes, xususiy tadbirkorlik va fermerlikni jadal rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni va ularni keltirib chiqarayotgan sabablarni aniqlash, bu borada tegishli taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Toshkent davlat agrar universitetida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent viloyati kengashi tomonidan kichik biznes, xususiy tadbirkorlik va fermerlikni jadal rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni va ularni keltirib chiqarayotgan sabablarni aniqlash, bu borada tegishli taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilishda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida belgilab berilgan masalalar chuqur o‘rganildi hamda istiqboldagi vazifalar muhokama qilindi.
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi S.Turdiyev va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida aholi turmush farovonligini yuksaltirish, davlat organlari faoliyatida ochiqlikni, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Mamlakatimizda joriy yilga Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb nom berilishi inson manfaatlari hamma narsadan ustun, degan olijanob g‘oyani yanada izchillik bilan hayotga tatbiq etishdek oliy maqsadlarga xizmat qiladi.
Davlatimiz rahbarining ma’ruzasida mamlakat hayotining barcha muhim sohalaridagi haqiqiy ahvol, xususan, qishloq xo‘jaligidagi kamchiliklar, bajarilmayotgan dolzarb vazifalar xolis va chuqur tahlil qilingani alohida ta’kidlandi.
Sohadagi salbiy holatlarni o‘rganish, ularni bartaraf qilishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish bo‘yicha partiyaning parlamentdagi fraksiyasi hamda mahalliy Kengashlardagi deputatlik guruhlari faollik ko‘rsatishi, bu borada partiya elektorati – tadbirkor va fermerlar manfaatlarini to‘liq himoya qilishi, ular yo‘lidagi to‘siq va muammolarni bartaraf etishda kuchli deputatlik nazoratini o‘rnatish, nazorat-tahlil tadbirlarini kuchaytirish lozimligi qayd etildi.
– Davlatimiz rahbari tomonidan fermer xo‘jaliklarini yanada rivojlantirish borasida ustuvor vazifalar belgilab berildi, – deydi «Qibray oltin meva» fermer xo‘jaligi rahbari Zarina Jumanazarova. – Bugungi tadbirda faoliyatimizda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish, fermer va tadbirkorlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida muloqot qilish imkoniga ega bo‘ldik.
Muloqotda fermerlar tomonidan bildirilgan takliflarni partiya deputatlik birlashmalari, tegishli vazirlik, idora va mahalliy ijroiya organlari bilan hamkorlikda amalga oshirish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi.