Tadbirkor ayollar festivali
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumanida “Tadbirkor ayollar ko‘rgazmali festivali” bo‘lib o‘tdi.
Jamiyatda ijtimoiy himoyalanishga muhtoj xotin-qizlarni manzilli qo‘llab-quvvatlash, ajrimlarni oldini olish, oilalar mustahkamligini ta’minlash, ayollar salomatligi muhofazasini kuchaytirish, ularning huquqiy madaniyati, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘rni va faolligini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlagan ayol-qizlarda vujudga kelgan muammolarni aniqlash va hal etishga ko‘maklashish, mazmunli dam olishini tashkil etish maqsadida tashkil etilgan ushbu festivalda bir qator ko‘ngil ochar dasturlar, modalar namoyishi, psixologik treninglar o‘tkazildi.
Festivalda faol ishtirok etgan bir guruh ayollarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
[gallery-7579]
Hotam MAMADALIEV (surat),O‘zA