Tabiiy energiya rivoji yo‘lida (+video)
Kun tartibi mavzusi - qurilishda energiya samaradorligini oshirish.
Davlatimiz rahbarining o‘tgan yil 4 iyulda qabul qilingan Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiya sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi va Texnik me’yorlash hamda standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Qurilishda energiya samaradorligini oshirishning istiqboldagi vazifalari” mavzusida anjuman o‘tkazildi.
100 dan ortiq xalqaro hamkor, mahalliy mutaxassis, loyiha tashkilotlari hamda oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etgan tadbir davomida 105 me’yoriy-texnik hujjat asosida 71 ta shaharsozlik normasi va qoidasi Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, amalga kiritilgani, O‘zbekiston standartlar instituti buyrug‘i bilan 32 ta milliy norma davlat ro‘yxatiga olingani, 3 ta qurilish reglamenti ishlab chiqilib, tasdiqlangani aytib o‘tildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/XfXoxF3_7Hw" title="Tabiiy energiya rivoji yoʻlida" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>So‘nggi yillarda bino va inshootlar xavfsizligi hamda energiya samaradorligini oshirish maqsadida GIZ, UNDP va IFC kabi xalqaro tashkilotlar bilan kelishuv asosida 12 texnik-me’yoriy hujjat takomillashtirilmoqda. 30 dan ziyod mutaxassis ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish maqsadida Koreya, Xitoy, Ozarbayjon, Rossiya, Turkiya va Fransiyaga yuborildi.
Bunday ishlarni tizimli amalga oshirish maqsadida 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan Dastur va Yo‘l xaritasi ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi.
Prezidentimizning 2024 yil 28 fevraldagi qaroriga muvofiq, xalqaro talablardan kelib chiqib, energiya samaradorligi bo‘yicha standart va qoidalarni qayta ko‘rib chiqish, yangi me’yoriy hujjatlar ishlab chiqish, jumladan xalqaro va mintaqaviy standartlarni qabul qilish vazifasi belgilangan.
Shu munosabat bilan 2024 yil respublikamiz hududida tegishli maqsadga xizmat qiladigan 12 xil standart amaliyotga joriy qilindi.
Mazkur anjuman orqali hamkorlikni yanada kuchaytirish ko‘zda tutilgan.
Musulmon Ziyo, Abror Sodiqov (video), O‘zA