Tabiat bolalar nigohida
FOTOREPORTAJ
Termiz tumanidagi “Marvarid” dam olish maskanida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Tabiat bolalar nigohida” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
[gallery-28676]
Mazkur tanlovda bolajonlar o‘z ijodiy ishlarini namoyish etib, tabiat haqidagi tasavvurlarini ranglar va shakllar orqali ifoda etdi. Rang-barang rasmlar, qiziqarli g‘oyalar va mehr bilan chizilgan manzaralar bolalarning ona tabiatga bo‘lgan muhabbatini yaqqol namoyon qildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, qiz bolalar o‘rtasida Sherobod tumani 20-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Malika Eshmurodova, o‘g‘il bolalar o‘rtasida Denov tumani 20-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Matvey Steblov birinchi o‘ringa loyiq, deb topildi va tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA