Ta’lim va amaliyot uyg‘unligi
Farg‘ona viloyatining Toshloq maishiy xizmat va servis kollejida 460 dan ortiq o‘quvchi komputer tizimlarini sozlash va ta’mirlash texnigi, tikuv-trikotaj buyumlarini ishlab chiqarish texnik-texnologi, payvandlash ishlari texnigi kabi yo‘nalishlarda tahsil olmoqda.
Farg‘ona viloyatining Toshloq maishiy xizmat va servis kollejida 460 dan ortiq o‘quvchi komputer tizimlarini sozlash va ta’mirlash texnigi, tikuv-trikotaj buyumlarini ishlab chiqarish texnik-texnologi, payvandlash ishlari texnigi kabi yo‘nalishlarda tahsil olmoqda.Ta’lim maskanida nazariy mashg‘ulotlarni amaliyot bilan uzviy holda tashkil etishga alohida e’tibor qaratiladi. O‘quv-amaliyot xonalari zarur anjomlar, texnik vositalar, to‘quv-tikuv mashinalari bilan jihozlangan. Ayni paytda joriy yili kollejni tamomlaydigan 189 bitiruvchining bandligini ta’minlash maqsadida turdosh korxona va tashkilotlar bilan shartnoma tuzish ishlari olib borilmoqda.