Suv ta’minoti xodimlari taqdirlandi
Konstitutsiya – tinchlik va barqarorlik, erkin va farovon hayot garovi. Mamlakatimiz erishgan ulkan yutuqlar, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mustahkam poydevoridir.
Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan mustaqilligimizni mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, mudofaa qudratini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan turli soha vakillari davlatimiz rahbarining 2022 yil 8 noyabrdagi tegishli farmoni bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlanmoqda.
[gallery-9905]
“O‘zsuvta’minot” AJning bir guruh xodimlariga ham ushbu esdalik nishoni tantanali topshirildi. Tadbirda so‘zga chiqqan “O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Xurshid Raxmatullayev barchani ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etib, Bosh qomusimiz so‘nggi yillarda barcha yo‘nalishlarda, shu jumladan, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ijobiy o‘zgarishlarga mustahkam huquqiy zamin yaratganini ta’kidladi.
Tadbirda shuningdek, o‘zining faol mehnati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh xodimlarga ham faxriy yorliqlar topshirildi.
Nilufar Bozorova, Oybek Pardayev (surat) O‘zA