Suv resurslarini boşqarişda uzoq muddatli maqsadlar belgilanmoqda
Özbekiston Milliy universitetida strategik rejalaştiriş va inson kapitalini boşqariş masalalariga bağişlangan xalqaro oçiq maʼruzalar ötkazildi.
Tadbirda davlat idoralari vakillari, olimlar, ekspertlar hamda yoş tadqiqotçilar iştirok etdi.
Tadbirda sözga çiqqan suv xöjaligi vaziri Şavkat Hamroyev suv resurslari taqçilligi, iqlim özgarişi va oziq-ovqat xavfsizligi bilan boğliq muammolar şaroitida sohani uzoq muddatli rejalaştiriş zarurligini taʼkidladi.
Vazirning maʼlum qilişiça, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, professor Vladimir Kvint va uning ekspertlar jamoasi bilan hamkorlikda Özbekistonning 2027-2050-yillarga möljallangan suv resurslaridan oqilona foydalaniş va atrof-muhitni muhofaza qiliş milliy strategiyasi işlab çiqilgan.
Hujjat sohani rivojlantirişning uzoq muddatli ustuvor yönalişlarini belgilaş va boşqaruv qarorlari samaradorligini oşirişga qaratilgan.
Vazirlik axborot xizmatiga köra, xalqaro oçiq maʼruzalar strategik boşqaruv sohasida tajriba almaşiş, zamonaviy yondaşuvlarni muhokama qiliş hamda Özbekiston va Rossiya ilmiy-taʼlim muassasalari örtasidagi hamkorlikni kengaytiriş uçun maydon bölib xizmat qiladi.
N.Ziyodullayeva,
ÖzA