Surxondaryodagi maktab ansambllari o‘zaro bellashdi (video)
Yosh avlod iste’dodini yuzaga chiqarish, ularning san’atga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Iqtidor” maktab ansambli” respublika tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
San’atga ixlosi baland, ko‘zlarida umid va katta ishonch bilan sahnaga intilgan yoshlar qo‘liga musiqiy asboblarini olib, bor mahoratini ishga soldi. Tanlov qisqa vaqt ichida nafaqat iqtidorli yoshlarni birlashtirdi, balki ularning qalbida san’atga, musiqaga, sahnaga bo‘lgan cheksiz muhabbatni yanada jonlantirdi.
[gallery-22861]
Tanlov 6-10-sinf o‘quvchilaridan iborat jamoalar o‘rtasida o‘tkazildi. Umumta’lim maktablaridan saralangan ansambllar bellashuvida har bir jamoa o‘zining ijodiy chiqishi, musiqiy ko‘rinishi, jonli ijrosi va sahnadagi o‘ziga xos harakatlarini namoyish etdi. Viloyatning shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan 15 ta jamoaning chiqishlari yakunlangach, yakuniy natijalarga fursat yetdi.
Denov tumanidagi 27-maktab jamoasi birinchi o‘rinni egallab, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. Sho‘rchi tumanidagi 1-maktab jamoasi ikkinchi, Termiz shahridagi 2-maktab yoshlari uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/vdc7KHVKb6o" title="Surxondaryodagi maktab ansambllari oʻzaro bellashdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat va video), O‘zA