Surxondaryoda yangi tayinlovlar
Fayzillo Samatov O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Mehnat faoliyati davomida u moliya hamda monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash boshqarmalarida turli vazifalarda ishlagan.
Tayinlovga qadar Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarni himoya qilish qo‘mitasi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
***
Yarash Xudoyqulov Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Surxondaryo viloyati “Kichik biznesga ko‘maklashish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati loyiha tashabbuskorlarini o‘qitish xizmati bosh mutaxassisi lavozimida mehnat qilayotgan edi.
Xolmo‘min Mamatrayimov,
O‘zA muxbiri