Surxondaryoda qovun pishdi
Angor tumanidagi "Qodir shahb" mas’uliyati cheklangan jamiyati sohibkorlari Yuqori Tallimaron mahallasi hududidagi 9 gektar maydonga aprel oyining boshida “Dakara” navli qovun eggan edi. Bir oyda pishib, yetildi. Shuningdek, 7 gektar maydonda mo‘l hosil tuggan "Dolbi" navli tarvuz ham tez kunlarda pishib qoladi. Paykallardan yig‘ib olinadigan boldek shirin poliz mahsulotlari yaqin kunlarda terib-yig‘ib olinib, bir qismi xorijga eksport qilinadi. Qolgan hosil mahalliy bozorlarda sotiladi.


Hududdagi 41 gektar maydonda yetti yildan buyon dehqonchilik qilayotgan sohibkorlar 20 gektar yerda mevali bog‘ ham barpo etgan. Qolgan maydonlarda pomidor, bodring, kungaboqar, oshqovoq kabi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtiradi. Dalada yetti nafar sohibkor doimiy, yuzdan ortiq kishi mavsumiy ish bilan band.
Xolmo‘min Mamatrayimov,
O‘zA muxbiri