“Surxon” uzoq kutilgan gʻalabaga erishdi
Bugun Oʻzbekiston superligasining 2-tur oʻyinlari davom ettirilmoqda
Bugun Oʻzbekiston superligasining 2-tur oʻyinlari davom ettirilmoqda.
Hozirgina Termizda “Surxon” hamda “Dinamo” klublari oʻrtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. Unda uzoq yillik tanaffusdan keyin yana futbolimiz elitasiga qaytgan termizliklar muhim gʻalabaga erishdi. Oʻyinning 2-daqiqasida Sherzod Hakimov tomonidan kiritilgan gol “Surxon”ga 15 yil kutilgan gʻalabani taqdim etdi. Eslatib oʻtamiz, Hakimov 1-tur doirasida “Metallurg” jamoasi darvozasini ham ishgʻol qilgandi. Shu tariqa asli fargʻonalik boʻlgan hujumchi Superliga toʻpurarlari safidan joy oldi.
Ushbu gʻalabadan keyin “Surxon” jamoasi oʻz ochkolari sonini 4taga yetkazgan holda chempionat peshqadamlari “Qizilqum” va “Metallurg” jamoalariga yetib oldi.
Yana birozdan keyin bugunga belgilangan ikkinchi oʻyin boshlanadi. Unda mamlakatning amaldagi chempioni “Lokomotiv” klubi oʻtgan yilgi bronza medali sohibi “Navbahor”ni qabul qiladi. Mazkur uchrashuvga soat 19:00da start beriladi.