Suriyadagi keskinliklar (+video)
Bugun dunyo jamoatchiligining diqqat markazida bo‘lib turgan Suriya davlati va uning atrofidagi keskinliklarning asl sababchilari qaysi kuchlar va bu mojarolarning oxiri bormi? Ushbu mavzuni chuqurroq o‘rganish maqsadida Toshkent Davlat Sharqshunoslik universiteti dotsenti Shavkat Ikromovga savollar bilan murojaat qildik.
- Aytingchi oxirgi yillarda Suriyaga tinchlik qaytayotgandek edi. Afsuski, tashqi kuchlar yoki ichki guruhlar tufayli muzlatilgan bu urush yana suriyaliklarning tinchligini buzdi. Bunga asl sabab nima va bu urushning yechimlari bormi?
- Suriyada anchadan buyon barqarorlik saqlanayotgan edi va bu barqarorlik to‘la-to‘kis barqarorlik emasdi, balki bir-birini kutish va bir birini kuzatishdan iborat nisbiy barqarorlik edi. Nimagaki 2011 yildan keyin Suriyada boshlangan keskinliklar, siyosiy inqiroz va siyosiy inqiroz natijasida vujudga kelgan harbiy inqiroz va tomonlar o‘rtasida boshlanib ketgan fuqarolik urushi hali-hanuz o‘zining yakuniga yetmagan edi. Ya’ni, tomonlar o‘zlari ilgari surgan maqsadlariga va qaysidir ma’noda o‘z ambitsiyalarini to‘liq amalga oshirib ololmagandi.
2016 yildan buyon tomonlar bir-birini kuzatish bilan ovora edi. 2023 yildan boshlab Suriya go‘yoki Yaqin Sharqdagi qaynoq nuqta bo‘lmay qoldi va butun dunyoning e’tibori mintaqadagi G‘azo mintaqasiga qaratilgandi. Bu yerdagi keskinliklar va bu yerdagi urushga.
2024 yilning sentyabr oyidan boshlab esa hammaning e’tibori Livan, xususan Livanning janubidagi Hizbulloh va Isroil hukumati o‘rtasidagi janglarga qaratildi. Xalqaro hamjamiyatning rakursi Suriyadan olingandi. Suriyada nisbatan barqarorlik hukm surayotgan edi.
2024 yilning noyabr oxiriga kelib Suriyada muzlatilgan keskinlik yana qaytadan bosh ko‘tardi va bu yerda vaziyat birdaniga og‘ir bir ko‘rinishga kela boshladi...
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/u-ut3qJwiHU" title="Suriyadagi keskinliklar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Yoqubjon Meliboyev, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA