Suriyada qancha amerikalik askar qoldiriladi?
AQSh qurolli kuchlari shtab qo‘mondonlari qo‘mitasi raisi Jozef Danford Pentagonning Suriyada ming nafar askar qoldirishi bo‘yicha "The Wall Street Journal" gazetasida chiqqan ma’lumoti asl voqelikka mos emasligini aytib, buni inkor qildi.

“Yirik gazetalardan biri Suriyada ming nafar amerikalik askar qolishi haqida ma’lumot berdi. Bu noto‘g‘ri”, deyiladi Pentagon matbuot xizmati xabarida. Danford hozirda Turkiyaning Suriya bilan chegaradosh hududlaridagi vaziyat muhokama qilinayotganini aytgan.