Superligada yana durang: ”Surxon” - ”Metallurg” 1:1
Termiz shahridagi “Surxon” sport majmuasida “Sosa sola” super ligasining 1-turidan oʻrin olgan navbatdagi oʻyin oʻtkazildi
Termiz shahridagi “Surxon” sport majmuasida “Sosa sola” super ligasining 1-turidan oʻrin olgan navbatdagi oʻyin oʻtkazildi.
Termizning “Surxon” jamoasi oʻz maydonida Bekobodning “Metallurg” jamoasini qabul qildi. Birinchi taymning 7-daqiqasida Surxon jamoasi oʻyinchisi Sherzod Hakimov hisobni ochgan boʻlsa, oʻyinning soʻnggi daqiqalarida, aniqrogʻi 89-daqiqada Metallurg hujumchisi Abbos Otaxonov darvozani ishgʻol qildi. Shu tariqa bahs durang natija bilan yakuniga yetdi.












