Superligada 12 tur yakunlandi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 12-turida Qarshi markaziy stadionida “Nasaf" va “Neftchi” jamoalari o‘zaro raqobatlashdi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 12-turida Qarshi markaziy stadionida “Nasaf" va “Neftchi” jamoalari o‘zaro raqobatlashdi.
Uchrashuvning 90-daqiqasida bosh hakam “Neftchi” darvozasiga penalti belgiladi. Bu vaziyatdan Dragan Cheran unumli foydalanib hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tib Igor Golban hisobni 2:0 ga yetkazdi. Ushbu hisob o‘yin oxirigacha o‘zgarmay qoldi.
Turning markaziy o‘yini Olmaliq shahrida o‘tkazildi. Unda AGMK o‘z maydonida “Bunyodkor” klubini qabul qildi. Keskin va murosasiz o‘tgan o‘yinda poytaxt jamoasi 1:2 hisobida zafar quchdi.

Shuningdek, “Navbahor” va “Metallurg” bahsida 3:0 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, “So‘g‘diyona” va “Paxtakor” jamoalari o‘yini 0:1 hisobida yakunlandi. “Buxoro” jamoasi a’zolari safarda “Qo‘qon – 1912” klubini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Toshkentda o‘tgan “Lokomotiv” va “Qizilqum” uchrashuvi 2:2 hisobida tugadi.
