O‘zbekistonda o‘ttizga yaqin sug‘urta kompaniyasi tomonidan yuzdan ziyod xizmatlar ko‘rsatilmoqda
Mamlakatimizda amalga oshirilyotgan islohotlar tufayli sug‘urta moliya bozorining muhim qismiga aylanib, sug‘urta biznesini yuritishda xalqaro amaliyotga javob beruvchi tizim shakllandi. Bugungi kunda mamlakatimizda yigirma yettita sug‘urta kompaniyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular ko‘rsatayotgan xizmatlar turi yuzdan oshdi.
Mamlakatimizda amalga oshirilyotgan islohotlar tufayli sug‘urta moliya bozorining muhim qismiga aylanib, sug‘urta biznesini yuritishda xalqaro amaliyotga javob beruvchi tizim shakllandi. Bugungi kunda mamlakatimizda yigirma yettita sug‘urta kompaniyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular ko‘rsatayotgan xizmatlar turi yuzdan oshdi.“O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasida jurnalistlar uchun tashkil etilgan seminarda sug‘urtaning asoslari, afzalliklari, sug‘urta shartnomasi tuzilishidan sug‘urta qoplamasi to‘lovigacha bo‘lgan sug‘urta mexanizmi kabi masalalar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
– Mijozlarga yanada qulaylik yaratish, aholining sug‘urta madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi kompaniyaning matbuot xizmati rahbari Ortiqxo‘ja Norov. – Masalan, joriy yilning iyul oyida veb-saytimizda internet foydalanuvchilari onlayn tartibida savollarga javob berish orqali sug‘urta asoslarini o‘rganishi va sohaga oid bilimlarini tekshirishi uchun sharoit yaratildi. Mazkur yangi modulda sug‘urta masalalari, sug‘urtaning majburiy va ixtiyoriy turlari, sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqish tartibi va kompaniyamiz faoliyati bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar mavjud.
Kompaniyada “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash”, “Baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash”, “Tibbiy sug‘urta”, “Mol-mulk sug‘urtasi” kabi eng ommabop 10 turdagi sug‘urta mahsulotlarini internet orqali sotib olish mumkin.
“Moody’s Investors Service Ltd.” xalqaro reyting agentligining O‘zbekiston moliya bozoridagi eng yuqori xalqaro reytingiga ega bo‘lgan kompaniyaning markaziy apparati va hududiy filiallarida axborot-maslahat guruhlari faoliyat yuritmoqda. Mijozlar sug‘urta masalalari, jumladan, mavjud sug‘urta turlari, sug‘urta shartnomasi shartlari, sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqish, sug‘urta tovonini to‘lash tartiblari va boshqa masalalar to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni olish uchun elektron pochta (maslahat@uzbekinvest.uz) yordamida mutaxassislar maslahatlaridan foydalanishlari mumkin.
Kompaniyaning moliyaviy ishonchliligi sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urta qoplamalarini o‘z vaqtida to‘lash va mijozlarni sug‘urta himoyasi bilan ta’minlashni samarali amalga oshirish imkonini bermoqda. Sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqish va tartibga solish muddatlari ham qisqardi. Qonun hujjatlarida o‘n besh kunda sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqish ko‘zda tutilgan. Kompaniyada sug‘urta da’volari besh kunda ko‘rib chiqilmoqda.
Tadbirda aholining sug‘urta madaniyatini oshirishda “O‘zbekinvest” kompaniyasi va ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari bo‘yicha fikr almashildi. Jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.