Sudgacha yetib borgan chipta muammosi
Kogon tumanida yashovchi B.R "Gold avia servis«ga qarashli avikassadan 14 970 000 so‘mga aviachipta xarid qiladi, ammo u ma’lum sabablarga ko‘ra uchib keta olmaydi. Oqibatda B.R chipta pulini qaytarishlarini so‘rab aviakassaga murojaat qilgan.
Afsuski, murojaatlar e’tiborsiz qolavergan.
Mazkur muammo Buxoro tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganildi.
Tadbirkorlik sub’ekti jamiyat xodimlari tomonidan tegishli qonun-hujjatlari bilan tanishtirilsa-da, muammo e’tiborsiz qolagan.
Shundan so‘ng holat yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritiladi. Natijada, sud tomonidan 14 776 653 so‘m moddiy va 1 000 000 so‘m miqdordagi ma’naviy zararlar, shuningdek, pochta xarajati uchun to‘langan mablag‘ B.Rga undirib berildi.
Maftuna KARIMOVA, O‘zA