Sud raislari jamoatchilikka axborot berdi
Nukusda Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlari tomonidan navbatdagi brifing o‘tkazildi. Unda sud raislari joriy yilning 9 oyi yakuni bo‘yicha odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyati yuzasidan axborot berdi.
Nukusda Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlari tomonidan navbatdagi brifing o‘tkazildi. Unda sud raislari joriy yilning 9 oyi yakuni bo‘yicha odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyati yuzasidan axborot berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlari tomonidan hisobot davrida 912 nafar shaxsga nisbatan 744 ta jinoyat ishi ko‘rib tamomlangan. Ishlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 28,7 foiz, shaxslar soni esa 30,5 foizga kamayganligi ta’kidlandi. Sudlangan shaxslar soni 567 tani tashkil qilib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga solishtirilganida 31,8 foizga kamaygan. Mazkur davrda ko‘rib tamomlangan jinoyat ishlarining 345 tasi yoki 46,3 foizi sayyor sud majlisida ko‘rilgan.
Bundan tashqari, mahalla, xotin-qizlar va yoshlar ittifoqi kafilligi asosida 45 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan.
Shuningdek, jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va tumanlar sudlari tomonidan umumiy ko‘rilgan ishlarga nisbatan 70 foizini tashkil etgan 520 ish bo‘yicha xususiy ajrim chiqarilib, uning muhokamasida bevosita sudyalar ishtirok etgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi raisi K.Tarixov hisobot davrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlari tomonidan 6 ming 987 ta (2018 yilda 8 ming 34 ta) fuqarolik ishlari ko‘rib tamomlanganini ma’lum qildi.
Ko‘rib tamomlangan ishlarning 3 ming 229 tasi (2018 yilda 7 ming 596 ta) bo‘yicha hal qiluv qarori chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga solishtirganda ishlar soni 4 ming 367 taga kamayganligi ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, 1 ming 972 ta fuqarolik ishlari sayyor sud majlislarida ko‘rib tamomlangan, bu ko‘rib tamomlangan ishlarning 37,2 foizini tashkil etadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi raisi A.Adilovning qayd etishicha, ma’muriy sudlar tomonidan 2019 yilning to‘qqiz oyi yakuni bo‘yicha ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda nazarda tutilgan huquqbuzarliklar bo‘yicha jami 17 ming 84 ta shaxsga nisbatan 15 ming 51 ta ish ko‘rib chiqilgan. Jumladan, 9 ming 612 nafar shaxsga jarima, 126 nafar shaxsga maxsus hukuqdan mahrum etish, 1 ming 375 nafar shaxsga ma’muriy qamoq kabi jazolar qo‘llanilib, 5 ming 970 nafar shaxsga nisbatan 5 ming 86 ta ma’muriy ishlar harakatdan tugatilgan. Ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan 728 ta ish ko‘rib chiqilgan.
Jami ko‘rib tamomlangan ma’muriy ishlarning 8 ming 889 tasi, ya’ni barcha ishlarning 56,3 foizidan ortig‘i sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy sudi raisi vazifasini bajaruvchi G.Zaripovaning axborotida qayd etilishicha, joriy yilning to‘qqiz oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy sudlari tomonidan 5 ming 135 ta ish ko‘rib chiqilgan. Shundan, sayyor sud majlislarida 3 ming 441 ta ish ko‘rilgan.
Kichik biznes sub’ektlari va yakka tadbirkorlar ishtirokida jami 3 ming 699 ta ish ko‘rilib, ishni ko‘rish natijalariga ko‘ra ularning foydasiga 17,5 milliard so‘m undirish haqida sud qarorlari chiqarilgan. Shuningdek, 8 milliard 783 million 350 ming so‘m davlat bojini byudjetga undirish bo‘yicha ijro varaqalari berilgan. Taraflar tomonidan 915,6 million so‘m davlat boji ixtiyoriy to‘langan.
Shuningdek, sud raislari brifingda qatnashgan jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berish bilan birga, jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi kurash, “Mening mahallam – mening sudyam” g‘oyasi asosida olib borilgan huquqiy targ‘ibot ishlari, sayyor sud majlislarida jurnalistlar ishtirokini ta’minlashning ahamiyati va dolzarbligi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.