Sud-huquq tizimida Yaponiya bilan hamkorlik qilinadi
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida Yaponiyaning Ayti prefekturasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Zamonaviy dunyoda sud-huquq tizimini isloh qilish va raqamli iqtisodiyot talablariga mos keladigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash har bir davlatning strategik ustuvor vazifalaridan biridir. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli huquqiy islohotlar davrida xalqaro tajribani o‘rganish va ilg‘or xorijiy modellarni milliy tizimga integratsiya qilish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada Osiyoning yetakchi rivojlangan davlatlaridan biri bo‘lgan Yaponiya bilan hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarildi.

Tashrif doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish, tajriba almashish hamda hamkorlik imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, muloqotda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va yuridik kadrlarni tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish jarayonlarida foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi. Mazkur uchrashuv o‘zaro muloqotni davom ettirish va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilish uchun imkoniyat yaratdi.
G.Boboyeva,O‘zA