Startap loyihalar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Kosonsoy tumanida «Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!» bosh g‘oyasi asosida milliy an’analarimiz, Navro‘z bilan bog‘liq qadriyatlarimizni aks ettiruvchi sayl o‘tkazildi.
Saylda tuman hokimi tashabbusi bilan IT-yo‘nalishiga oid startap-g‘oyalar, muammolarga axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda yechim topish hamda kreativ g‘oyalarni aniqlash bo‘yicha 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan «Startap loyihalar 2024» tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.
[gallery-16556]
Taqdirlash marosimida tuman hokimi Dilmurod Qodirov hamda viloyat hokimining raqamlashtirish bo‘yicha maslahatchisi Baxtiyor Oxunboboyev ishtirok etdi. Tumanda axborot texnologiyalarini rivojlantirish borasida ilgari surilayotgan tashabbuslar, bugun ular miqyosi tobora kengayayotgani xususida fikr bildirildi.
Startap loyihalar tanlovi g‘oliblariga tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.
Ta’kidlash kerak, tanlov veb va mobil dasturlash, animatsiya dizayn, yoshlarga IT ta’lim berish yo‘nalishlarida bo‘lib o‘tdi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA