Sportimiz faxriylariga ehtirom ko‘rsatildi
Navro‘zi olam mehr-oqibat va bunyodkorlik ramzi sifatida xalqimizning ijtimoiy-ma’naviy hayotida beqiyos o‘ringa ega.
Bu munavvar ayyom mamlakatimizda amalga oshirilayotgan «Inson qadri uchun, inson baxti uchun», degan olijanob g‘oya tegrasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga hamohang bo‘lib, uning falsafasida insonni e’zozlash, tabiatni asrab-avaylash tamoyillari mujassam.

Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan “2025 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorida ta’kidlanganidek, yurtimizda aholi manfaatlari va ijtimoiy himoyasini ta’minlash, ehtiyojmand qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash, jamiyatning hech bir a’zosini mehr va e’tibordan chetda qoldirmaslik ustuvor vazifalar sirasiga kiradi.

Kuni kecha O‘zbekiston sport faxriylari kengashi va tegishli tashkilotlar tomonidan Navro‘z shodiyonalari ostonasida bir guruh sportimiz faxriylariga ehtirom ko‘rsatildi.
O‘zbekiston sporti rivoji yo‘lida mehnat qilgan, umrini bag‘ishlagan fidoyilarga Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va homiylarning sovg‘alari topshirildi.
O‘z navbatida, faxriylarimiz bunday g‘amxo‘rlikdan minnatdor ekanliklarini bildirishdi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA