Sport xabarlari
Polshaning Spala shahrida yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda yengil atletikachilarimiz munosib ishtirok etdi.
Engil atletika. Polshaning Spala shahrida yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda yengil atletikachilarimiz munosib ishtirok etdi.
Umidli sportchimiz Nigina Sharipova 60 metrga yugurish bahsida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Musobaqaning uzunlikka sakrash bo‘yicha musobaqasida Aziz Omonov va Anastasiya Juravlyova ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, uch hatlab sakrashda Timur Xusnulin va Anastasiya Juravlyova bronza medal bilan taqdirlandi.
* * *
Futbol. Yigirma uch yoshgacha bo‘lgan qizlardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi joriy yilning 11-15-mart kunlari Iordaniyada futbol bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlariga saralash musobaqasida ishtirok etadi. Unda futbolchilarimiz Iordaniya, Gongkong va Falastin terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston qizlar terma jamoasi a’zolari Eronda tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etdi. Yig‘in doirasida hamyurtlarimiz Eron qizlar terma jamoasiga qarshi uchta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Qizlarimiz dastlabki bahsda 1:0, ikkinchi o‘yinda 5:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, so‘nggi bahsda hisob ochilmadi.