Sport xabarlari
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida gandbol bo‘yicha erkaklar o‘rtasida mamlakat kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi.
Gandbol. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida gandbol bo‘yicha erkaklar o‘rtasida mamlakat kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa finalida Olmaliqning “OKMK” va Urganchning “UrDU” jamoalari o‘zaro bahslashdi. “OKMK” jamoasi 30:21 hisobida zafar quchib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Uchinchi o‘rin uchun kechgan uchrashuvda Qarshining “Qarshi” jamoasi Toshkentning “SKIF” jamoasini 40:39 hisobida yengdi.
* * *
Futbol. Futbol bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatining to‘qqizinchi tur uchrashuvlari yakunlandi.
«Lokomotiv» qizlari o‘z maydonida «Buxoro» jamoasiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. «Bunyodkor» jamoasi safarda «Sho‘rtan»(G‘uzor)ni 6:0 hisobida mag‘lub etdi. Mazkur turda «Mash’al» va «Sevinch» jamoalari ham raqiblari ustidan g‘alaba qozondi.