Sport maktabi birinchiligi o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan sport musobaqasi o‘tkazildi.
Tumandagi sport maktabi zalida boks bo‘yicha o‘tkazilgan “Sport maktabi birinchiligi” musobaqasida 100 nafar sportchi o‘zaro bellashdi.
[gallery-21214]
Musobaqa ochilish marosimida Bag‘dod tumani hokimligi, Mudofaa ishlari bo‘limi, tuman sport maktabi mas’ullari ishtirok etdi.
Yakunda tegishli vazn toifasida g‘olib bo‘lgan yoshlar maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA