Spikerning xorijiy safari qoldirildi
AQSH kongressining vakillar Palatasi spikeri Nensi Pelosining xorijiy safari “shatdaun” – hukumat tanazzuli tufayli qoldirildi.
AQSH kongressining vakillar Palatasi spikeri Nensi Pelosining xorijiy safari “shatdaun” – hukumat tanazzuli tufayli qoldirildi. Prezident Donald Tramp unga shu mazmunda maktub yoʻllagan.
“Hukumat faoliyati toʻxtatib turilgani sababli sizning Bryussel, Misr va Afgʻonistonga tashrifingiz ortga surildi”, deyiladi maktubda.
Tramp bu tashriflar “shatdaun”dan soʻng boʻlishi maqsadga muvofiqligini aytgan. REGNUM xabariga koʻra, Pelosi Trampning janubiy chegaraga devor oʻrnatish fikriga qarshi siyosatchilardan hisoblanadi.