Somali poytaxtida portlash sodir bo‘ldi
Payshanba kuni ertalab Somali poytaxti Mogadishoda sodir etilgan portlashda kamida 8 kishi halok bo‘lgan, 17 nafardan ortiq odam jarohat olgan.
Hujum Afrika Ittifoqining Somalidagi tinchlikparvar missiyasi vakillariga qaratilgan.
— Bombali hujum kutilmaganda sodir bo‘ldi, qurbonlar ko‘p. Hozircha kamida 8 kishi halok bo‘lgani va 17 kishi yaralanganini tasdiqlay olaman, — dedi politsiya xodimi.
Bayonotda halok bo‘lgan va jarohat olganlar orasida Hodan tumanidagi maktab o‘quvchi va o‘qituvchilari ham bo‘lgani qo‘shimcha qilingan.
Somalida joylashgan Al-Qoida bilan aloqador Al-Shabob terrorchilik guruhi hujum uchun ma’suliyatni o‘z zimmasiga oldi.