Sohadagi muammolar muhokama etildi
Buxoro viloyati sudi tashabbusi bilan viloyatdagi barcha tijorat banklari ishtirokida sudlarda kredit bilan bog‘liq ishlar ko‘rilishida aniqlangan holatlar va sohada yuzaga kelayotgan muammolar bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Seminarda viloyat sudi rahbariyati, viloyat sudi sudyalari, tumanlararo iqtisodiy sudlar raislari, Markaziy bank Buxoro viloyati boshqarmasi, hududdagi barcha banklarning tuman (shahar) filiallari boshqaruv raislari, kredit bo‘yicha mutaxassislar va huquqshunoslar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar 2024 yil davomida odil sudlovni amalga oshirishda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, iqtisodiyot sohasida qonuniylikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olishga ko‘maklashish hamda mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan bir qator ishlar amalga oshirib kelinayotganligini ta’kidladi.

Bunday tadbirlar orqali kredit berishga oid qonunchilikni qo‘llashda qonun ustuvorligini ta’minlash, kredit berish bilan bog‘liq qonunbuzilish holatlarini kamaytirish, bu esa o‘z navbatida sudlarda nizolarning kamayishiga hamda ish bo‘yicha taraflarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasi ta’minlanishiga xizmat qiladi.

Seminarda barcha masalalar atroflicha muhokama qilindi, fikr-mulohazalar va takliflar tinglandi.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri