"Soğliqni saqlaş vaziri kubogi – 2026" musobaqasi ğoliblari taqdirlandi
Özbekiston milliy futbol markazida “Soğliqni saqlaş vaziri kubogi – 2026” sport musobaqalarining final bosqiçi ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
Soğliqni saqlaş vaziri Eldor Adilov va boşqalar sözga çiqib, musobaqa iştirokçilarini qutladi. Taʼkidlanganidek, bugungi kunda tibbiyot sohasida nafaqat öz kasbining fidoyilari, balki sportni keng tarğib qiluvçi, muntazam jismoniy maşğulotlar bilan şuğullanib kelayotgan xodimlar safi kengayib bormoqda.
Murosasiz va kuraşlarga boy keçgan bellaşuvlar jarayoni malakali hakamlar hayʼati tomonidan adolatli hamda şaffof tarzda baholab borildi.
Yakuniy natijalarga köra, mini-futbol böyiça Sirdaryo viloyatining "Guliston tibbiyot klasteri" jamoasi şohsupaning eng yuqori poğonasiga kötarilib, “Soğliqni saqlaş vaziri kubogi – 2026” boş sovrini sohibiga aylandi.
Şaşka bahslarida erkaklar örtasida 1-örin farğonalik Muxtali Gapirovga nasib etdi. Ayollar bahslarida esa xorazmlik Gözal Qurbonovaga teng keladigani topilmadi.
Şaxmatda esa erkaklar örtasida Namangan viloyati Davlatobod tumani vakili Fazliddin Mirabdullayev, ayollar örtasida Namangan şahrida faoliyat yuritayotgan şifokor Gavharoy Qöçqorova ğoliblikni qölga kiritdi.
Stol tennisi musobaqalarida Surxondaryo viloyati jamoasi aʼzosi Navröz Karimov hamda namanganlik Mahmuda Sobirova şohsupaning eng yuqori poğonasidan joy oldi.
Tantanali marosim söngida ğolib va sovrindorlarga diplom hamda qimmatbaho sovğalar topşirildi.
Mohigul Qosimova,
ÖzA