“Soʻzning yaxshisi – qisqadir”
Kitobda qayd etilishicha, soʻzning yaxshisi – qisqadir. Yaxshi hamsuhbat – gʻanimatdir.
Kitob javoningizga
Hazrat Alisher Navoiyning durdona asarlaridan biri boʻlmish “Nazm ul-javohir” ilk bor fors (tojik) tiliga tarjima qilinib, oʻquvchilarga taqdim etildi. Toʻxtamish Toʻxtayev tomonidan mahorat ila oʻgirilgan ushbu kitob Hazrat Ali 266 hikmatining sheʼriy talqini boʻlib, axloqiy va tarbiyaviy pandu hikmatlardan iborat. Undan asarning izohlari va Hazrati Ali hikmatlarining tarjimalari ham oʻrin olgan.
Kitobda qayd etilishicha, soʻzning yaxshisi – qisqadir. Yaxshi hamsuhbat – gʻanimatdir. Ilmning martabasi barcha martabalardan ulugʻdir. Kishining bosiqligi aqlining nishonidir. Yomonlikka yaqin boʻlgan ish – yomon ishdir. Eʼtiqod orqali qozonilgan gʻalaba – haqiqiy gʻalabadir...
Asar adabiyot va maʼrifat ahli, umuman, haqiqiy sheʼr va hikmat ixlosmandlariga maʼqul va manzur boʻladi, degan umiddamiz.