So‘nayotgan yulduzlar (Yerdan nazar)
Hozir dastlab dastlab tanishtirganlarimiz haqida, keyin keyingilari to‘g‘risida gaplashamiz. Birinchi qahramonimizning yutuqlarini indamaymiz.
2 maqola
Hozir dastlab dastlab tanishtirganlarimiz haqida, keyin keyingilari to‘g‘risida gaplashamiz. Birinchi qahramonimizning yutuqlarini indamaymiz. Shunchaki, ismini aytib qo‘ya qolamiz: Ser Alex Fergyusson. Uning yulduzi so‘nmadi. So‘nmaydi ham, ammo bir hodisa ko‘ngilni hira qilishi bor. Bu hodisa futbol uchun qayg‘uli hisoblanmasa-da, “Yunayted” muxlislarini jonidan o‘tib ketganicha bor.
2009-yil 27-may. Rim. “Olimpik” stadioni. Gvardiolaning ham “O‘zga sayyoralik”ning ilk zafarli yurishiga zamin yaratgan final. To‘g‘ri keyingi mavsum g‘olib bo‘ldi “Qizil iblislar”, ammo... 2011-yil 28-may. “Uembli” stadioni. Yana eski tanishlar va yana mag‘lubiyat. Xullas, Fergyusson murabbiy sifatida Pepni finallarda hech qachon yutolmagandi. Ammo bir narsa: Gvardiola o‘sha “Barsa”si bo‘ladimi va yo keyingi klublarimi hech qachon deyarli 3-4 ta talabga javob beradigan futbolchisi bor jamoa bilan Angliya chempioni, Yevropa Chempionlar Ligasini yutolmasa kerak, ser Aleks singari. (Fergyusonning “Yunayted”idan kuchliroq tarkibga ega bo‘la turib YECHLni ololmadi. Buni “Bavariya” va hozirgi “Siti” misolida ko‘rdik ham) Qisqa qilib aytganda, Fergyusson yulduzi so‘nib boraversada, ming yillar qa’ridan nuri tovlanib turaveradi.
Men Anchelotti dahosini Italiya, Angliya, Fransiya, Germaniyadagi chempionliklari o‘laroq taniyman. Murabbiylikda alohida maktab asos solgan. Suyagi butun, ammo uning klassik futboli zamonaviy futbolga bir yil avval Myunxenda mag‘lub bo‘ldi.“Tom va Jery” multfilmini siz ham sevib tomosha qilgansiz bunga aminman. Xo‘sh, sizningcha, kim ayyorroq? Jery, shundaymi?! Sababi u Tomni juda yaxshi biladi. Shu boisdan Tomning hiylalari o‘tmaydi unga, lekin Jerynikiii... Hatto bechora Tomning uyidan haydalishigacha sabab bo‘ladi. Karloning “tarsak” yegan, uyidan haydalishiga zamin yaratib bergan o‘yinlarini – o‘tganyilgi chorak final bahslarini yaxshi eslasangiz kerak. Zidan huddi Jery Tomni bilgani kabi Anchelottini yaxshi bilgan, eskitdan.Ana o‘shaning hisobiga va jamoadagi ichki muhit boisdan ham o‘zidan kuchliroq Bavariyani mag‘lub etolgan, Anchelottini ham. Biz bilgan Anchelotti yulduzi ham sekin so‘nib borayotir, ammo keyingi avlod uning shu’lasidan bahramand bo‘lib yashashiga ishonamiz.
Fabio Kapelloning inqirozi ingliz termasini CHJ-2010ga olib borgan paytlarda boshlanib, Rossiya termasini boshqargan kezlari eng tubiga sho‘ng‘idi. Chinliklar yurtida esa uni xo‘rlashdi. “O‘lganni ustiga tepgan” bo‘lib istefoga chiqishgada majbur bo‘ldi. To‘g‘rida, kelganni bilgan ketishniyam bilmog‘i darkor. Kapelloning gullagan davri “Milan”da o‘tgani sizga yaxshi ayon. 1994-yilgi YECHL finalini nafaqat “Milan”, balki “Barselona” muxlislari ham yaxshi eslashsa kerak...“Yuve”ni ham yomon boshqarmagan don. Bir so‘z bilan aytganda, klassik Italiya futboli poydevoriga g‘isht qalagan murabbiylardan bo‘lmish qahramonimizning ham yulduzi, yashil maydon osmonida porlab turaveradi.
Uni “Istanbul” finalidan so‘ng juda ko‘pchilik yoqtirib qoldi. Sababini juda yaxshi bilasiz. Keyinchalik Benites “Chelsi”ni boshqarish uchun taklif qilindi va odatdagidek “Stenford Bridj” uchun har doimgi ish bo‘lib qolgan murabbiy almashtirish operatsiyasi ishtirokchisi bo‘ldi. Aslida, bu Rafa yulduzining so‘nib borayotganidan dalolatdek edi, go‘yo. “Real” muxlislari uni yomon ko‘rishiga sabab: Rafal Benites jamoa uchun eng yomon paytda kelib, eng yaxshi paytda ketgani. Hozir u “Nyukasl” bilan Primer Ligada faoliyat olib boryapti.Uning yulduzi esa hali moviy osmonda!
O‘zingga mos avlod yaraladi. Ular bilan bir yil birga ishlaysan va kelasi yili butun dunyo futboli uchun orzu bo‘lgan Jahon Kubogi seniki. Va keyingi yili ketasan. Bo‘ldi. Boshqa hech narsa kerakmas. Braziliya tarixida “Oltin avlod” ko‘p bo‘lgan. Juda ko‘p, ammo bunisi o‘ta sof oltinlardan tashkil topgani edi. 1994-yilgi Jorjino, Romario,Ronaldo, Rivaldo, Kafu, Roberto Karlosga endi Ronaldino, Baptistao, Kaka, Lusio hamda Juninolar qo‘shilib kuchliroq Braziliyaga aylanishgandi. 11-raqamdagi kulib turadigan jallod kuchaytirib yubordi hujumni. Qolaversa, 94-yilgi tarkibdagi yoshlar ayni kuchga to‘lgandi 2002-yilda. Ushbu avlodni chempion qilish uchun eng munosib nomzod Skolari edi. To‘g‘rida. Vatan jamoasini chempion qilishgacha 14 ta turli xil jamoani boshqarib, o‘z kuchini ko‘rsatib, o‘sha klublarning deyarli barchasini o‘z mamlakati Chempioni qilgan murabbiydan boshqa yana kim ham munosib bo‘lardi. Skolarinining eng alamli uchrashuvi Braziliya termasi tarixidagi eng yirik mag‘lubiyat (Germaniyadan uchralgan 7-1ni eslang)ga to‘g‘ri kelib qolishi esa bu uning yulduzi so‘nayotganidan dalolat berardi... ammo nima bo‘lganda ham u biz uchun o‘sha romantik-brazil uslubning bir parchasi bo‘lib qolaveradi. Eslayveramiz.
Afsonaviy “Ayaks”ning 1995-yilgi chempionligidan hech kim ajablanmagan. O‘z nomi bilan afsonaviy edi u. Van Gall boshchiligida bir yil oldingi g‘olibning sindirilishi tushdek kechgandi. Ammo bu o‘ngda bo‘lgan... Luining maktabidan bizning ikkiga ajratib qo‘yadigan ikki murabbiy: Mourino hamda Gvardiola dars olgan. Yana Luis Enrike ham.Uztozidan o‘tmagan shogird – shogirmas, deganlari chin. Uning yulduzi tahminan JCH-2014dan keyin hiralasha boshladi. Shundoq ham jar yoqasida turgan “Yunayted”ni bir turtib jarga itardi-qo‘ydi. Xullas, gollandiyalikning yulduzi Manchester osmonida so‘ndi. Biroq munosib shogirdlari bor ekan, uning ismi qalblarda mangu yashayveradi.
Navbatdagi qahramonimiz ham termaga 2 yilga keladi va chempion bo‘ladi. Ketadi. U JCHgacha 13 ta turli klubda foliyat olib boradi va faqat “Yuve” bilan ulkan zafarlarga erishadi. Xususan, u 5 karra Italiya chempioni, Italiya kubogi, 4 karra Italiya superkubogi hamda YECHL g‘olibligi, shuningdek, UYEFA superkubogini yutgan. Jahon chempionatidagi g‘oliblik esa uni yanada mashhur qildi.Ammo 2010-yil o‘zi boshliq amaldagi chempion – Italiyaning guruhda qolib ketishi Lippiga chiqish eshiklarini ochib berdi. Xitoy termasidagi muvaffaqqiyatsizliklar uning yulduzi nursiz bo‘lib qolganidan dalolat. Chin yurti klublaridagi g‘olibliklar bo‘lsa, osmonda ekaligidan darak beryapti. Xullas, futbol uni o‘z osmonidan tashlab yubormaydi, yuborolmaydi. Hech qachon!
Visente del Boski. Futbolchi sifatida: 5 karra Ispaniya chempioni, 4 karra Ispaniya kubogi sohibi. Murabbiy sifatida: 2 karra Ispaniya Chempioni, 2 karra Yevropa Chempionlar Ligasi g‘olibi (“Real” bilan); Jahon Chempioni, Yevropa Chempioni (Ispaniya bilan).Bu murabbiydan oldingi tarifini keltirgan murabbiylarimiz hech qachon “janob Kartoshka” bilan raqobatlasha olishmaydi. Klubdagi muvaffaqqiyatlariga mayli, qo‘l siltaymiz. Ammo uning termadagi faoliyati... tahsinga loyiq, desak kamsitgan bo‘lamiz. Yaxshisi, termadagisini ham gapirmay qo‘ya qolamiz. Uni o‘zingizga qoldiramiz. Siz, oxirgi qahramonimiz haqidagi ma’lumotlarni bilish uchun “Google”ga va yo Vikipediaga“del Bosque” jumlasini kiriting hammasini bilib olasiz. Biz uning eng alamli mag‘lubiyati hamkasbi va do‘sti Lui van Galldan qabul qilib olingani(eslang: Gollandiya 5-1 Ispaniya)ni aytib qo‘ya qolamiz. Va u lolalar yurti vakillaring 2010-yilgi JCH finali uchun qaysidir ma’nodagi revanshi ham edi. Garchi Ispaniya termasi Braziliyadagi Jahon Kubogi bahslarida guruh bosqichida qolib ketgan bo‘lsa-da, u hamon tirik. Del Boski hayot. Uning yulduzi o‘chmas. O‘chmagay!
Futbol, mana shunday yulduzlaring bor ekan, biz seni yaxshi ko‘raveramiz!
Sen, bizga yulduzlaringni beraver – biz nuridan bahra olaveraylik!
Futbol, senga rahmat!