Slovakiya bosh vaziri iste’fo berdi
RIA Novostining yozishicha, Slovakiyada "Sputnik V" vaksinasini yetkazib berish bilan bog‘liq mojaro hukumatda qator iste’folarga sabab bo‘lgan. Jumladan, bugun mamlakat prezidenti bosh vazir Igor Matovichning iste’fosini qabul qilgan va moliya vaziri Eduard Xegerga hukumatning yangi tarkibini shakllantirish topshirig‘ini bergan.
Moliya vazirining o‘rnini esa endi sobiq bosh vazir Igor Matovichning o‘zi egallaydigan bo‘ldi.
Xabarda keltirilishicha, Slovakiya hukumatidagi inqiroz Matovichning koalitsiyadagi sheriklari roziligini olmasdan turib, "Sputnik V" vaksinasini yetkazib berish bo‘yicha Rossiya bilan shartnoma tuzgandan keyin boshlangan. Ushbu mojarodan keyin, bir necha kun ichida hukumatning to‘rtta a’zosi o‘z lavozimini tark etgan.