Sirdaryolik talabalar mamlakat bosqichida
Samarqandda oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida futbol bo‘yicha “Kamolot” kubogi" respublika musobaqalarining hududlararo mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Samarqandda oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida futbol bo‘yicha “Kamolot” kubogi" respublika musobaqalarining hududlararo mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi tomonidan bir qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan turnirda Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi oliy ta’lim muassasalari jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.
– Har yili an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan musobaqa yoshlar o‘rtasida sportning ommaviyligini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qilmoqda, – deydi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi bo‘lim mudiri Umid Rajabov. – Shu bois musobaqaning viloyat bosqichlari barcha hududlarda yuqori saviyada o‘tdi. Hududiy bosqichlarda g‘olib bo‘lgan jamoalar poytaxtimizda bo‘lib o‘tadigan musobaqaning final bosqichida qatnashadi.
Bahslarda Guliston davlat universiteti talabalari yuqori natija qayd etib, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.