Sirdaryolik bolajonlar “Istiqlol”da
Bir guruh sirdaryolik bolajonlar Jizzax viloyati Zomin tumanidagi “Istiqlol” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida bepul dam olmoqda.
Bir guruh sirdaryolik bolajonlar Jizzax viloyati Zomin tumanidagi “Istiqlol” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida bepul dam olmoqda.
Sardoba suv ombori fojiasidan jabrlangan sirdaryolik aholi turmush tarzini tiklash, xususan talafot yetgan uy-joylar va ijtimoiy soha obyektlarini taʼmirlash, aholi bandligini taʼminlash borasida hududda ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Shu bilan bir qatorda, ofatdan jabrlangan aholi farzandlarining taʼlim-tarbiyasi, xususan, bolalarning yozgi taʼtilini maqsadli tashkil etish ham bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.
Bu borada “Olmalik kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tomonidan sirdaryolik bolalarning yozgi taʼtilni maroqli oʻtkazishi uchun xayrli ishga qoʻl urildi.

Jumladan, kombinat tomonidan Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi “Istiqlol” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi sirdaryolik bolajonlar uchun hozirlanib, bolalarning taʼtilni maroqli oʻtkazishi uchun barcha zarur shart-shoitlar yaratildi.
Ayni paytda 160 nafar sirdarayolik bolalar oromgohimizda yozgi taʼtilini oʻtkazmoqda, – deydi “Istiqlol” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi rahbari D.Usanova. – Bu yil oromgohimiz “Vatanga muhabbat, istiqlolga sadoqat, milliy merosga hurmat” shiori ostida faoliyat olib bormoqda. Bolajonlar “Elparvar”, “Mard oʻgʻlon”, “Oʻzbegim qizlari”, “Zulfiya izdoshlari”, “Yoshlik”, “Istiqlol”, “Yulduzcha” hamda “Kichkintoy” kabi otryadlarga boʻlingan holda dam olishmoqda.
Hozirgi pandemiya vaqtida ormogohda qatʼiy karantin qoidalariga rioya etilgan holda bolajonlar uchun 13 nafar malakali pedagoglar jamoasi, 2 nafar shifokor va 3 nafar hamshira, 8 nafar yetakchi hamda qoʻriqlash tashkiloti xodimlari xizmat qilib kelmoqda.
Bolalarning oromgohda mazmunli va maroqli hordiq olishi uchun “Mohir qoʻllar”, “Yosh tabiatshunos”, “Ingliz tili”, “Maʼnaviyat va maʼrifat darslari”, “Biser toʻqish”, “Rasm chizish”, “Yosh suhandon” kabi toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Har bir toʻgarakka masofa saqlagan holda 5 nafardan bola navbatma-navbat qatnashadi. Bundan tashqari, 1 ming 300 dan ortiq badiiy adabiyotlardan iborat kutubxona bolajonlar ixtiyorida. Shuningdek, bolajonlarni sogʻlomlashtirish maqsadida stol tennnisi, futbol, basketbol, voleybol, shashka, shaxmat, badminton kabi sport toʻgaraklari ham faoliyat yuritmoqda.