Sirdaryolik bankirlar ko‘chat ekmoqda
Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi tadbirlarda Markaziy bank Sirdaryo viloyati Bosh boshqarmasi va tijorat banklari ham faol ishtirok etmoqda.
Xususan, Mirzaobod tumani hududida ajratilgan yer maydonida bank tizimi xodimlari tomonidan 2 ming tubdan ziyod yong‘oq, behi va tut kabi manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.

– Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga yaqindan ko‘maklashish, halqimizga xos ezgu fazilatlarni saqlab qolish, ularni bank tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlar qalbiga singdirish asosiy maqsaddir – deydi Markaziy bank Sirdaryo viloyati bosh boshqarmasi rahbari Valijon To‘rayev. – Viloyatimiz yashil maskanga aylansa biz bundan xursand bo‘lamiz.
Sh.Suyarov, O‘zA