Sirdaryo xabarlari – qisqa satrlarda
Xovos tumani Xovosobod mahalla fuqarolar yigʻini hududida samarasiz va foydalanilmayotgan yer maydonlarida yilqichilik va ot sportini rivojlantirish maqsadida yangi loyihalar asosida qurilish ishlari boshlandi.
Xovos tumani Xovosobod mahalla fuqarolar yigʻini hududida samarasiz va foydalanilmayotgan yer maydonlarida yilqichilik va ot sportini rivojlantirish maqsadida yangi loyihalar asosida qurilish ishlari boshlandi.
Mazkur bino ot sportiga qiziquvchi yoshlarimizni ushbu sport turiga tayyorlashga toʻliq moslashgan boʻlib, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanadi. Yaratilayotgan keng imkoniyatlar tuman yoshlari orasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga, ot sportiga boʻlgan qiziqishlarini yana-da oshishiga va eng muhimi, ularni boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.
* * * * *
Boyovut tumanida “COVID – 19” bilan xastalangan bemorlarni davolash uchun maxsus markaz tashkil etildi. Bu haqda tuman hokimi, senator Dilfuza Uralova aholiga murojaatida maʼlum qildi.
Ayni murakkab vaziyatda fuqarolar salomatligini asrash, ularga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish maqsadida tuman tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar boʻlimida 30, Olmazor mahalla fuqarolar yigʻinidagi 2-sonli xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat binosida 100 zahxira oʻrinlari tayyorlangan.
Tumanda koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish va dezinfeksiya tadbirlarini sifatli va muntazam oʻtkazish maqsadida 1000 kilogramm xlor, 200 kilo xlor tabletkasi zaxirasi yaratildi.
Bundan tashqari, 58 dona dori sepish apparati, 200 komplekt maxsus kiyim-bosh, 3 ta “Damas” rusumli avtotransport vositasi, 1 ta oʻt oʻchirish avtomashinasi va 14 dona purkagichli traktor jalb qilingan. Dezinfeksiya ishlariga 80 nafar ishchi-xodimlar biriktirilgan.
* * * * *
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat agentligi tomonidan Xitoy Xalq Respublikasiga qovun mahsulotini eksport qilish uchun mamlakatimizdagi qovun yetishtirilayotgan dalalarning 173 tasi hamda qadoqlash korxonalarining 11 tasiga ruxsatnoma olindi.
Xitoyga qovun mahsulotini eksport qilish uchun ruxsat olingan 173 ta qovun dalalarning 40 tasi Sirdaryo viloyatining saxovatli zamini yetishtirilayotgan mashhur, tilni yorar “Mirzachoʻl qovun” dalalaridir.
Xitoyga eksport qilinadigan qovun fitosanitar talablariga toʻliq muvofiq kelishi, jumladan, zararli organizmlardan xoli hududlarda yetishtirilib, karantin inspektori tomonidan monitoring nazoratidan oʻtkazilgan boʻlishi mamlakatimizdagi toʻrtta – Xorazm, Sirdaryo, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari dalalarida yetishtirilayotgan qovunlar ekanligi belgilab qoʻyilgan.
Bugun, Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani dalalarida yetishtirilayotgan qovunlar Xitoy davlatidan tashqari Latviya bozoriga ham katta miqdorda eksport qilinmoqda.