Sirdaryo viloyat Kengashining sessiyasi
Guliston shahrida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada Sirdaryo viloyati hokimi, senator Akmaljon Mahmudaliyev deputatlar va sirdaryoliklarga Murojaatnoma bilan chiqdi.


Viloyat hokimi 2023 yilda vohadagi ijobiy o‘zgarishlar, o‘sishlarni qayd etdi. Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar, davlat dasturlari ijrosi tahlili hamda bu yil– “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da bajarilishi lozim bo‘lgan eng ustuvor yo‘nalishlar, rejalar haqida Xalq deputatlari va viloyat Kengashiga axborot berdi.


Tanqidiy va tahliliy ruhda o‘tgan viloyat sessiyasida A.Mahmudaliyev 2024 yil viloyatdagi iqtisodiy kompleks rahbarlari va barcha davlat korxonalari uchun tannarxni qisqartirish va samaradorlik yili bo‘lishini ta’kidladi. Viloyat hokimi endilikda byudjet mablag‘larining ortiqcha sarflanishi hamda xufiyona iqtisodiyotga barham berish bo‘yicha alohida ishchi guruhlar faoliyat boshlashini ta’kidlab, guruhlar tarkibiga deputatlar ham kiritilishini ma’lum qildi.


Murojaatnoma Sirdaryo telekanali (Sirdaryo TV) hamda Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmatining Facebook, Telrg‘ramdagi rasmiy sahifalarida to‘liq namoyish etildi.
Sh.Suyarov, Sh. Ortiqboyev (surat),
O‘zA muxbirlari