Si Szinpin va Zelenskiy muloqot qiladimi?
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mao Nin juma kuni bo‘lib o‘tgan brifingda XXR raisi Si Szinpin va Vladimir Zelenskiy o‘rtasida suhbat uyushtirilishi ehtimoli haqida ma’lumot bermadi. Binobarin, Pekin barcha tomonlar bilan aloqani davom ettirishini ta’kidladi.
Avvalroq bir qator ommaviy axborot vositalari xabardor manbalariga tayanib, Si Szinpin Moskvaga tashrifidan so‘ng Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.
– Ukraina masalasida Xitoy barcha tomonlar bilan hamkorlik qiladi, – dedi diplomat XXR yetakchisi va Zelenskiy o‘rtasidagi suhbatga oid savolga javob berar ekan. – Sizlarni qiziqtirgan masala bo‘yicha esa men hech qanday ma’lumotga ega emasman.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, Xitoy rahbari Si Szinpin 20-22 mart kunlari davlat tashrifi bilan Rossiyada bo‘ldi. Bu uning davlat rahbari lavozimiga uchinchi muddatga qayta saylanganidan so‘ng ilk xorijiy safari edi. Dushanba kuni Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Seshanba kuni esa delegatsiyalar ishtirokida Rossiya – Xitoy muzokarasi bo‘lib o‘tdi.
O‘zA