Shveysariya Elchisi bilan uchrashuv
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Shveysariya Konfederatsiyasining favqulodda va muxtor elchisi Olive Shavni O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi tugayotgani munosabati bilan qabul qildi.
Vazir mehmonni qutlar ekan, so‘nggi to‘rt yilda Shveysariyaning mamlakatimizdagi diplomatik vakolatxonasini boshqarib kelayotgan elchi O.Shavning ikki tomonlama hamkorlikni izchil rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy hissasini yuqori baholadi.
[gallery-2927]
So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Shveysariya o‘rtasida siyosiy muloqot faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan sohalarda hamkorlikni har tomonlama rivojlantirishga tayyorligini tasdiqladi.
O.Shav, o‘z navbatida, Shveysariyaning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonasi rahbari sifatida ishida har tomonlama yordam uchun minnatdorchilik bildirdi.
O‘zA